Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Yanvar/2023   Jamiyat

O‘zbekistonda 1 fevraldan boshlab milliy qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

TOSHKENT, 30-yanvar.  /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonda joriy yil 1 fevraldan boshlab qonunlar va huquqiy-meʼyoriy hujjatlarga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, amaldagi ayrim tartiblar o‘zgaradi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri rasmiy manbadagi maʼlumotlarga tayangan holda.


Xususan, Advokatlik orderlari elektronlashtiriladi.

Advokatlik tuzilmalari tomonidan advokatlarga muayyan ishni olib borish uchun beriladigan anʼanaviy shakldagi order maqomiga teng bo‘lgan maxsus QR-kod qo‘yilgan «Elektron advokatlik orderi» beriladi.

Shuningdek, ushbu order haqidagi maʼlumotni «Yuridik yordam» axborot tizimiga kiritish majburiy hisoblanadi. Aadvokat so‘rovi shakliga qo‘yilgan talablar, shu jumladan, unga orderning ko‘chirma nusxasini ilova qilish, orderni qayd etish daftarini yuritish talablari bekor qilinadi.

Ayrim tadbirkorlik subyektlari Savdo-sanoat palatasining aʼzolik badallaridan ozod qilinadi.

Mikro, kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlari Palata aʼzoligiga, aʼzolik va kirish badallaridan ozod qilingan holda, tekin qabul qilinadi hamda qonunda nazarda tutilgan aʼzolik bilan bog‘liq Palata xizmatlaridan to‘laqonli foydalanish huquqiga ega, Palata tomonidan ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha pullik xizmatlar bundan mustasno.

Qimmatbaho metallarni sotuvchi YATTlarga bank kafolati taqdim etiladi.

Qimmatbaho metallarni tovar-xomashyo birjasi orqali kechiktirib to‘lash sharti bilan sotganda:

- sotib olingan qimmatbaho metallar uchun to‘lov majburiyatlarini “O‘zmilliybank” AJning kafolati bilan bir qatorda boshqa banklarning kafolatlari hamda tegishli tashkilotning kafilligi bilan ham taʼminlashga;

- bank kafolatini zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi YATTlarga ham berishga;

- to‘lov majburiyatlarini taʼminlash maqsadida beriladigan bank kafolati bo‘yicha xizmat haqini taraflarning kelishuviga asosan qatʼiy miqdordagi summada belgilashga ruxsat etiladi.

Mavzuga oid

Toshkent aviatsiya forumida 130 ta avias...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 13 avgustdagi “O‘zbeki...

O‘zbekistonda davlat xizmatlarini ko‘rsa...

Adliya vaziri Akbar Toshqulov boshchiligida mamlakatimiz delegatsiyasi amaliy safar bilan ...

O‘zbekistonda eng ko‘p tadbirkor ayollar...

Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonda tadbirkor ayollar eng faol bo‘lgan sohalar bo‘yi...

So`nggi yangiliklar