Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/May/2023   Fakt

O‘zbekiston Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti auditidan muvaffaqiyatli o‘tdi

 TOSHKENT, 30-may. /“Dunyo” AA/. Xalqaro fuqaro aviatsiyasi  tashkiloti (IKAO/ICAO)   ekspertlari tomonidan O‘zbekistonda parvozlar xavfsizligi tizimining ishlashini baholash bo‘yicha kompleks audit tekshiruvi o‘tkazilib, ijobiy xulosa berildi, deb xabar  bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


Transport  vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, rejali audit doirasida joriy yilning 17-29 may kunlari IKAO auditorlar guruhi parvozlar xavfsizligi holati bo‘yicha rejali tekshiruv o‘tkazdi. Shuningdek, Transport vazirligi, “O‘zaviatsiya” agentligi, “O‘zgidromet”, “O‘zaeronavigatsiya” markazi DUK, «Uzbekistan Airways» AJ, «Panorama Airways» MCHJ, «I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti» MCHJ hamda «Uzbekistan Airways» AJning «O‘quv mashq markazi»larida IKAO standartlari talablarining bajarilishi ustidan tekshiruv o‘tkazildi.

Audit natijalari bo‘yicha O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasida parvozlar xavfsizligiga taʼsir etuvchi nomuvofiqliklar (SSC) aniqlanmadi.

O‘zbekistonda IKAO standartlarini joriy etish umumiy samaradorligining dastlabki ko‘rsatkichi 64 foizni tashkil etdi, bu to‘liq auditdan o‘tgan boshqa davlatlar bilan solishtirilganda yaxshi ko‘rsatkich deb eʼtirof etiladi.

Mazkur audit fuqaro aviatsiyasi sohasida parvozlar xavfsizligi tizimini tashkil etishni baholashning eng muhim obyektiv vositalaridan biri xisoblanadi.

Yakuniy audit hisoboti 2023 yilning 15 noyabrgacha taqdim etiladi va IKAOning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

Mavzuga oid

Janubiy Koreyaning mashhur «Korea Pops O...

Joriy yil 15-18 dekabr kunlari Janubiy koreyalik 80 nafardan ortiq sanʼatkorlardan iborat ...

Elchi Jonatan Xenik: AQSH va O‘zbekiston...

O‘zbekiston elchisi Javlon Vahobov AQSHning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi e...

O‘zbekiston MDH Hukumat rahbarlari kenga...

Bugun Ostona shahrida MDHga aʼzo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining majlisi o‘z ish...

So`nggi yangiliklar