Uz / Ўз Ru En

Toshkent

07/Dekabr/2022   Hamkorlik

O‘zbekiston vakillari Qohiradagi xalqaro oziq-ovqat ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

QOHIRA, 7-dekabr. /“Dunyo” AA/. Xorazm viloyati hokimligi va oziq- ovqat mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalar vakillaridan iborat  delegatsiya  Misr poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan «Food Africa 2022» xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etayotir, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbir davomida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Afrika bozorida sotish imkoniyatlari o‘rganilayotir.

Ko‘rgazmaning texnologiyalar bo‘limida mamlakatimizda yetishtirilgan mevalarni saqlash uchun omborxonalarni maxsus materiallar bilan jihozlash bo‘yicha Belgiya va Germaniya kompaniyalari vakillari bilan muzokaralar uyushtirildi. Unda yangi texnologiyalarni O‘zbekistonga olib kirish va qo‘llash istiqbollari muhokama qilindi.

O‘tkazilgan uchrashuv natijasida Yevropa tomoni bilan  tegishli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muloqotni davom ettirishga kelishib olindi.

Xorazm viloyatida yetishtirilgan guruch va quruq meva mahsulotlariga misrliklar katta qiziqish namoyon etishdi. Shu bois ushbu mahsulotlarni O‘zbekistondan Misrga eksport qilish istiqbollarini muhokama qilish maqsadida alohida  uchrashuv tashkil etildi. Unda Misr vakillari  mahsulotlar namunalarini olish va eksport shartnomalarini imzolashga tayyor ekanligini bildirishdi.

Ko‘rgazma tashkilotchilari, shuningdek,  O‘zbekistoning  yirik oziq-ovqat ishlab chiqarish kompaniyalarini 2023 yilda o‘tkaziladigan «Food Africa 2023» xalqaro yarmarkasida ham qatnashishga chaqirdi.  

Mavzuga oid

O‘zbekiston delegatsiyasi YEXHTning inso...

Kecha Varshavada Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT) mintaqasida inson hu...

"Ishga marhamat" monomarkazlari o‘qituvc...

Janubiy Koreyaning Kvanju shahrida yurtimizdagi "Ishga marhamat" monomarkazlarida faoliya...

Kelgusi yilda O‘zbekiston-Yaponiya parla...

Tokioda O‘zbekiston Strategik islohotlar agentligi Bosh direktori Shuhrat Vafoyev va Liber...

So`nggi yangiliklar