Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Iyun/2022   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

O‘zbekiston vakili Bangkokda o‘tkazilgan BMTning Savdo va taraqqiyot konferensiyasida ishtirok etdi

BANGKOK, 29-iyun. /“Dunyo” AA/. 27-28 iyun kunlari Bangkok shahrida BMTning Savdo va taraqqiyot konferensiyasi (UNCTAD), Osiyo va Tinch okeani uchun Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (UN ESCAP) hamda Tailand Raqobat komissiyasi (TCCT) bilan hamkorlikda “Raqobat siyosatining pandemiyadan so‘ng mikro, kichik va o‘rta biznesning tiklanishiga qo‘shgan hissasi” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada O‘zbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (MQKQ) raisining birinchi o‘rinbosari Asadulla Qayumov ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


 Tadbir ishtirokchilari raqobat siyosati bo‘yicha amalga oshirilgan so‘nggi tajribalar, raqamli platformalar uchun tavsiya etilgan eng yaxshi amaliyotlar va ularning mikro, kichik va o‘rta korxonalar faoliyatiga taʼsiri haqida o‘zaro fikr almashdi. Shuningdek, raqobat siyosati orqali pandemiyadan keyingi dunyoda mikro, kichik va o‘rta biznesni iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston tomonidan yurtimizda koronavirus pandemiyasi va undan keyingi davrda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, xususiy sektorni rivojlantirish yo‘nalishlarida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda amalga oshirilgan salmoqli ishlar to‘g‘risida maʼlumot taqdim qilindi.

Xalqaro konferensiya yakunida joriy yil avgust-dekabr oylarida UNCTAD tomonidan kichik, o‘rta korxonalar va raqobat siyosati bo‘yicha onlayn shakldagi kursi tashkil etish, raqobat siyosati bo‘yicha tavsiya etilgan normalarni milliy qonunchilikka implementatsiyasi bo‘yicha mintaqaviy, milliy seminarlar o‘tkazish va boshqa dolzarb maslalar bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Indoneziya oliy ta’lim ti...

O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchixonasi vakillari Paramadina universiteti (Universitas ...

Ozarbayjon Milli Mejlisi deputati bilan ...

O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchisi Bahrom Ashrafxonov Ozarbayjon Respublikasi Milli Me...

Afg‘onistondagi «O‘zbek tili do‘stlari»...

O‘zbekiston Prezidentining «Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yil...

So`nggi yangiliklar