Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Iyun/2021   Tahlil

O‘zbekiston vaf Janubiy Koreya tahlil tuzilmalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama etildi


SEUL, 16 iyun. “Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasida Xanyang universiteti huzuridagi Osiyo-tinch okeani tadqiqotlari markazi direktori, Koreya Respublikasining Shimoliy iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘mitasi aʼzosi, prfessor Um Gu Xo bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muzokaralar chog‘ida akademik va ekspert-tahlil doiralari o‘rtasida O‘zbekiston-Janubiy Koreya hamkorligini kengaytirish, shuningdek, tadqiqotlar sohasida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Janubiy Koreya ko‘p qirrali hamkorligini rivojlantirish istiqbollari yuzasidan ham o‘zaro fikr almashildi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasidagi asosiy hamkor va Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning «Yangi Shimoliy siyosat» tashabbusini amalga oshirish doirasida muhim sherik ekanligi alohida taʼkidlandi. Oliy darajadagi muntazam muloqotlar, mushtarak intilishlar samarasida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik barcha yo‘nalishlarda izchil ravnaq topmoqda.

Professorning aytishicha, O‘zbekiston va Janubiy Koreya bugun axborot texnologiyalari, raqamli tibbiyot, taʼlim va madaniyat sohalarida samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Koreya Respublikasi ulkan iqtisodiy, sanoat va intellektual salohiyatiga ega. Kelgusida oliy taʼlim, Janubiy Koreya texnika va texnologiyalaridan keng foydalangan holda «aqlli shahar» loyihalarini amalga oshirish, sunʼiy intellekt sohalarida hamkorlikni mustahkamlash muhim ahamiyatga ega.

Uchrashuv davomida Um Gu Xo joriy yil 15-16 iyul kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Muammolar va imkoniyatlar» xalqaro konferensiyasida onlayn shaklda ishtirok etishini tasdiqladi.

Tomonlar, shuningdek, Osiyo-Tinch okeani tadqiqotlari markazi va O‘zbekistonning yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik o‘rnatish masalalarini muhokama qildi.

1997 yilda tashkil etilgan Osiyo-Tinch okeani tadqiqotlari markazi Xalqaro tadqiqotlar oliy maktabining bo‘limi hisoblanadi. Markaz faoliyati Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va Yevroosiyoning yirik mamlakatlarini tadqiq etish, xalqaro savdo va moliya, xavfsizlik va taraqqiyot bo‘yicha aloqalar, xalqaro tashkilotlar va huquq sohalarida xalqaro ekspertlarning tadqiqot faoliyatini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Osiyo-Tinch okeani tadqiqotlari markazi o‘z faoliyatini davlat va biznes tomonidan moliyalashtiriladigan ilmiy anjumanlar, ilmiy-tadqiqot tadbirlari o‘tkazish va ilmiy jurnallarni chop etish orqali amalga oshiradi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonlik ekspertlar Germaniyada ya...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar inst...

Buyuk Britaniyadan munosabat: O‘zbekisto...

Buyuk Britaniyadan munosabat: O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan mintaqalararo transpor...

Pekinda Markaziy Osiyo davlatlari rahbar...

“Davra suhbati” chog’ida xitoylik ekspertlar Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Tosh...

So`nggi yangiliklar