Uz / Ўз Ru En

Toshkent

11/Avgust/2022   O’zbekiston dunyo nigohida

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlar Belgiya OAV diqqat markazida

BRYUSSEL, 11-avgust. /“Dunyo” AA/. Belgiyada chop etiladigan ommabop «The Brussels Times» gazetasi sahifasida «O‘zbekiston va YEI o‘rtasidagi munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilmoqda» sarlavhali maqola bosilib chiqdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Unda joriy yil 6-iyul kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimning tasdiqlanishi marosimiga oid tafsilotlar atroflicha qalamga olingan.

«Yangi bitim 1996 yildan O‘zbekiston va YEI o‘rtasidagi amaldagi Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim o‘rnini bosishi va ikki tomonlama hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishi ko‘zda tutilgan. Amaldagi bitim, asosan, siyosiy muloqot, demokratiya sohasidagi hamkorlik, inson huquqlari, madaniy aloqalarni rivojlantirish, moliyaviy va texnik hamkorlik, sarmoyalar, tovar va xizmatlar savdosi, shuningdek intellektual mulkni himoya qilish to‘g‘risidagi qoidalarni o‘z ichiga oladi», deb yozadi nashr.

Maqolada taʼkidlanishicha, yangi bitim savdo va unga aloqador masalalar, shu jumladan, bojxona boshqariluvi, texnik tartibga solish, sanitariya va fitosanitariya chora-tadbirlari, raqobat, nizolarni hal qilish va boshqa sohalar bilan bog‘liq keng ko‘lamli masalalarni qamrab olgan.

«Bundan tashqari, Jahon Savdo tashkilotining asosiy qoidalarini kiritish orqali sarmoyaviy hamkorlik, tovarlar, xizmatlar va intellektual mulk savdosi sohasidagi hamkorlik doirasi sezilarli darajada kengaytirildi», deb yozadi gazeta.

Shuningdek, «The Brussels Times» yangi bitimda tashqi siyosat, xavfsizlik, nizolarning oldini olish va inqirozni boshqarish, shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish, boshpana taqdim etilishi va chegaralarni boshqarish, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash, uyushgan jinoyatchilik va korrupsiya, terrorizmga qarshi kurash kabi yangi yo‘nalishlar ham o‘z ifodasini topganini alohida taʼkidlagan.

Mavzuga oid

Saudiya Arabistoni nashri O‘zbekistonnin...

Saudiya Arabistonining “Okaz” gazetasi veb-saytida «O‘zbekiston Ukrainadan 3 ming 245 na...

Turkiyada o‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqish...

Kecha Turkiyaning “Kesit Yayınları” nashriyot uyi tomonidan O‘zbekiston mustaqilligining 3...

O‘zbekistonda Apple kompaniyasining rasm...

Bu haqda AOKAda o‘tgan brifingda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlant...

So`nggi yangiliklar