Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/Yanvar/2022   Iqtisodiy diplomatiya

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi moliyaviy-texnik hamkorlik masalalari muhokama qilindi

TOSHKЕNT, 21-yanvar. /«Dunyo» AA/. Kecha O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligida Yevropa Ittifoqining mamlakatimizdagi delegatsiyasi moliyaviy-texnik ko‘mak bo‘limi boshlig‘i Fransua Bejo bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


Uchrashuv davomida Yevropa Ittifoqi bilan moliyaviy-texnik yordam yo‘nalishidagi hamkorlikning istiqbollari, shu jumladan, «Iqtisodiy va raqamli diplomatiya» loyihasining ikkinchi bosqichiga Yevropa Ittifoqining ko‘magini jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston uchun 2021-2027 yillarga mo‘ljallangan ko‘p yillik indikativ dasturini mamlakatimizning tegishli vazirlik va idoralarini jalb qilgan holda samarali amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Mavzuga oid

Italiyaning O‘zbekistondagi va mamlakati...

Elchilar lift va eskalatorlar, muzlatgich, sanoat konditsionerlari va sovutish tizimlari, ...

O‘zbekiston mintaqalari va Turkiyaning X...

O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratov...

ITSV: O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinb...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Um...

So`nggi yangiliklar