Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Iyun/2022   Dolzarb

O‘zbekiston va Xitoy tahlil markazlari konferensiyasi to‘g‘risida

TOSHKENT, 29-iyun. /“Dunyo” AA/. Bugun  “O‘zbekiston – Xitoy: do‘stona hamkorlikning 30 yilligi” mavzusida onlayn-konferensiya bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbir Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi (XMATM) tomonidan Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasining Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti bilan hamkorlikda
va O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilmoqda.

Anjumanda Xitoyning Pekin, Shanxay va Siandagi Markaziy Osiyoni o‘rganishga ixtisoslashgan nufuzli tahliliy markazlarining mutaxassislari ishtirok etadi. Unda O‘zbekiston tomonidan Strategik
va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Markaziy Osiyo xalqaro instituti, XMATM, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, JIDU va TDSHU huzuridagi O‘zbekiston-Xitoy Konfutsiy instituti mutaxassislari maʼruza qiladi.

O‘zbekistonning XXRdagi elchisi Farhod Arziyev va XXRning O‘zbekistondagi elchisi Szyan Yan tabrik so‘zi bilan chiqadi.

Tadbir davomida ikki tomonlama strategik sheriklikning bugungi holati va istiqbolli yo‘nalishlari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik ko‘lamini kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.

Shuningdek, anjuman doirasida Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlikning bugungi rivoji, barqaror rivojlanish yo‘lidagi tahdid va xavflarga birgalikda qarshi kurashish, Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga ko‘maklashish masalalari yuzasidan ham samarali fikr almashiladi.

Mavzuga oid

Pekindan munosabat: Turkmaniston Prezide...

O‘zbekistondagi Xitoy korxonalari uyushmasi raisi Lyu Yuy “Dunyo” AA uchun intervyusida T...

Mamlakatimizning Bangkokdagi Bosh konsul...

Mamlakatimizning Bangkokdagi Bosh konsulxonasi tomonidan BMT Bosh kotibining o‘rinbosari,...

Turkiyadan munosabat: O‘zbekiston va Oza...

Turkiya ekspert-tahlil va iqtisodiy doiralar vakillari Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevn...

So`nggi yangiliklar