Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/Yanvar/2022   TIV yangiliklari

O‘zbekiston va Vetnam tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning beshinchi davrasi o‘tkazildi

TOSHKЕNT, 21-yanvar. /«Dunyo» AA/. Bugun O‘zbekiston va Vetnam tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida videokonferensiya shaklida siyosiy maslahatlashuvlarning beshinchi davrasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


TIV ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Sidiqov, Vetnam delegatsiyasiga tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari To An Zung boshchilik qildi.

Uchrashuv avvalida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi (17 yanvar) munosabati bilan bir-birlarini tabrikladilar. So‘ngra siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Vetnam hamkorligining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zaro manfaatli sohalarda ikki tomonlama va xalqaro tuzilmalar doirasidagi aloqalarni jadallashtirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish, shuningdek, dunyo va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari bo‘yicha konstruktiv muloqotni davom ettirishga hozirlik bildirildi.

Bo‘lajak tadbirlar jadvali, jumladan, Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi hamda O‘zbekiston-Vetnam biznes-forumining tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbo...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov bugun Tojikiston poytaxtida BM...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri YEXHT ...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov joriy yil 2-3-dekabr kunlari Stokgol...

O‘zbekiston va Janubiy Koreya tashqi ish...

O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilli...

So`nggi yangiliklar