Uz / Ўз Ru En

Toshkent

20/Yanvar/2022   Prezident

O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari ko‘p qirrali hamkorlikni yana-da mustahkamlashning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqdilar

TOSHKENT, 20 yanvar. /“Dunyo” AA/.  O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston-Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida mustahkamlashning dolzarb masalalari batafsil ko‘rib chiqildi.

O‘zaro savdo ko‘rsatkichlarining barqaror o‘sishi, sanoat, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, transport sohalarida amaliy hamkorlik ko‘lamining kengayishiga xizmat qilayotgan kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan taʼkidlandi. Hududlararo almashinuvlar faollashib, birgalikda muhim gumanitar dasturlar amalga oshirilmoqda.

Yetakchilar yaqinda o‘tgan hukumatlararo muzokaralarning natijalarini yuksak baholab, ikki birodar mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni tubdan kengaytirish muhim ekanini qayd etdilar.

O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari mintaqa kun tartibi va ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlik jihatlari yuzasidan fikr almashdilar. Bo‘lajak uchrashuv va tadbirlar rejasi muhokama qilindi.

Telefon orqali muloqot har doimgidek iliq, do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tdi.

Mavzuga oid

Davlatimiz rahbari Yoshlar sanoat va tad...

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Marg‘ilon shahrida tashkil etilgan Yoshlar sanoat va ta...

O‘zbekiston Prezidenti: Navro‘zi olam b...

Bugun Toshkent shahridagi «Humo Arena» majmuasida Navro‘z bayrami shodiyonasi bo‘lib o‘tdi...

O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi: O...

O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov bugun o‘tkazilgan brifing davomida...

So`nggi yangiliklar