Uz / Ўз Ru En

Toshkent

18/May/2022   Iqtisodiy diplomatiya

O‘zbekiston va Singapur o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik ko‘lamlarini kengaytirish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi

SINGAPUR, 18-may.  /“Dunyo” AA/. Kecha Singapurda Singapur-Malayziya savdo-sanoat palatasiga aʼzo kompaniyalar va mamlakat ishbalarmon doiralari uchun O‘zbekiston iqtisodiy va sarmoyaviy salohiyatining onlayn taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbirda Singapur tomonidan mazkur savdo-sanoat palatasi prezidenti Farid Xon, ushbu tashkilot xodimlari hamda palataga aʼzo bo‘lgan 60 dan ortiq kompaniya vakillari ishtirok etishdi. Ushbu ko‘p tomonlama uchrashuvda Kanadada faoliyat ko‘rsatadigan Singapur kompaniyalari rahbarlari ham qatnashdilar.

1956 yilda tashkil etilgan Singapur-Malayziya savdo-sanoat palatasi mustaqil notijorat tashkiloti hisoblanadi. Palata Malayziya mahalliy ishbilarmonlar hamjamiyati manfaatlarini namoyon qilishda muhim o‘rin egallaydi. 2022 yil yanvar holatiga ko‘ra, mazkur palata 711 ta kompaniyani o‘z atrofiga birlashtirgan.

O‘zbekiston tomonidan “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Qamar Serkayev, Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasining tegishli bo‘linmalari direktorlari ishtirok etdilar.

O‘zbekistonning zamonaviy iqtisodiy taraqqiyoti, uning sarmoyaviy salohiyati hamda Singapur kompaniyalari uchun qiziqish uyg‘otadigan turizm infratuzilmasi va uning xizmatlarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va tayyor oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi yangi imkoniyatlar, shuningdek, ikki mamlakat kichik va o‘rta korxonalari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollariga doir muhim maʼlumotlar  tadbir ishtirokchilarining eʼtiboriga havola qilindi.

Farid Xonning maʼlum qilishicha, mana endi, yaʼni Singapurda karantin choralarini yumshaganidan so‘ng Singapur-Malayziya savdo-sanoat palatasi uzoq vaqt davomida elchixona xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan muloqotlarda ko‘zda tutilgan ikki mamlakat o‘rtasidagi sarmoyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikni faollashtirishga qaratilgan loyihalarni muhokama etishga faol kirishish mumkin.

U Singapur ishbilarmon doiralari, xususan, Singapur-Malayziya savdo-sanoat palatasiga aʼzo kompaniyalar O‘zbekistonning tarmoq uyushmalari va xususiy biznes doiralari vakillari bilan uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga katta qiziqish bildirayotganini alohida taʼkidladi.

Mavzuga oid

ITSVda vengriyalik investor bilan o‘tka...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Um...

O‘zbekistonlik zargarlar Turkiyada tajri...

«O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi Turkiyaning Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Xorij...

O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Pokist...

Mamlakatimiz elchixonasining Qoraqalpog‘iston va Pokiston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlan...

So`nggi yangiliklar