Uz / Ўз Ru En

Toshkent

10/Mart/2022   Iqtisodiy diplomatiya

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni farmatsevtika sohasidagi o‘zaro hamkorlik ko‘lamini kengaytiradi

JIDDA, 10-mart. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonning Jidda shahridagi Bosh konsulxonasi vakillari Saudiya Arabistonining yetakchi “Jamjoom Pharma” farmatsevtika kompaniyasi bosh direktori Mahmud Jamjum va ijrochi direktori Toriq Hasaniy bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Suhbat chog‘ida Saudiya tomoniga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish, farmatsevtika mahsulotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish hamda farmatsevtika tarmog‘iga ilg‘or xorijiy tajriba va xalqaro standartlarni tatbiq etishga oid qarorlarining mazmun-mohiyatiga oid ma’lumotlar taqdim etildi. 

Shu o‘rida O‘zbekistonda farmatsevtika sohasida olib borilayotgan islohotlar, 2030 yilgacha aholiga kerakli barcha dori-darmon mahsulotlarini respublikada ishlab chiqarishga qaratilgan sa’y-harakatlar haqidagi ma’lumotlarga alohida e’tibor qaratildi. 

O‘z navbatida, “Jamjoom Pharma” kompaniyasi bosh direktori M.Jamjum O‘zbekistondagi farmatsevtika kompaniyalari bilan eksport-import bo‘yicha hamkorlik o‘rnatishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Muzokaralar yakunida joriy yilning mart oyi oxirida “Jamjoom Pharma” kompaniyasi bosh direktori M.Jamjum boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga amaliy safarini tashkil etishga kelishib olindi.

Tashrif doirasida Saudiya Arabistoni delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi hamda bir qator farmatsevtika kompaniyalarida uchrashuvlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Mavzuga oid

Hindiston kompaniyasi O‘zbekistonda avto...

Mamlakatimizning Hindistondagi elchixonasi vakillari «UNO MINDA» kompaniyasi boshqaruvchi ...

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengash...

6-may kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo va kuzatuvchi mamlakatlarning ...

O‘zbekiston JSTga aʼzo bo‘lish bo‘yicha ...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid X...

So`nggi yangiliklar