Uz / Ўз Ru En

Toshkent

18/Avgust/2022   Dolzarb

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni energetika vazirliklari o‘rtasida bitim imzolandi

TOSHKENT, 18-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Energetika vazirligi va Saudiya Arabistoni Energetika vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim imzolandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Vazirlik matbuot xizmatiga ko‘ra, mazkur hujjat O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoni Podshohligiga davlat tashrifi doirasida imzolandi.

Ushbu bitim Saudiya Arabistonining yirik energetika kompaniyalari bilan O‘zbekistonda qayta tiklanadigan energiya, elektr stansiyalari, bug‘-gaz qurilmasi, vodorod energetikasi, neft va gaz sohasida hamkorlik qilish uchun umumiy asos yaratishni ko‘zda tutadi.

Shuningdek, hamkorlik yo‘nalishlariga energetika sohasini raqamlashtirish, atmosferaga issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish, mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha loyihalar ham kiradi.

Bitimning imzolanishi Saudiya Arabistoni kompaniyalarining energetika sohasidagi insoniy va texnik salohiyati, tajribasi va yetakchiligini inobatga olgan holda ishlab chiqarish va tadqiqotlarni ko‘paytirish maqsadida investitsiyalarni o‘z ichiga olgan O‘zbekiston-Saudiya energetika hamkorligining yangi bosqichga olib chiqish uchun qo‘yilgan muhim qadamdir.

Mavzuga oid

Niderlandiyadan munosabat: O‘zbekiston v...

O‘zbekiston - Niderlandiya do‘stlik jamiyati raisi Daliya Altuntepe

BAA elchisi: O‘zbekiston xalqini yangi k...

Bugun Toshkent shahridagi «Humo Arena» majmuasida Navro‘z bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilgan...

Qozog‘iston parlamenti sobiq deputati qo...

Mamlakatimizning Nur-Sultondagi elchixonasining maʼlum qilishicha, Qozog‘iston parlamentin...

So`nggi yangiliklar