Uz / Ўз Ru En

Toshkent

25/Mart/2023   Ta'lim

O‘zbekiston va Rossiya oliy taʼlim muassasalari ilmiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilmoqda

YEKATERINBURG, 25-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulligi ko‘magida  Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti (International Agrar University-IAU) rektori Munira Aminova va  Janubiy Ural davlat agrar universiteti  (JUDAU) rektori Svetlana Cherepuxina o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar qilayapti “Dunyo” AA muxbiri.


 Muloqot avvalida oliy taʼlim muasasalari faoliyati to‘g‘risida taqdimotlar o‘tkazildi.

JUDAU qishloq xo‘jaligi sohasida, xususan veterinariya yo‘nalishida malakali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha 90 yillik tajribaga ega ekani qayd etildi.

IAU rahbariyati tomonidan o‘zbekistonlik fermerlar uchun tashkil etilishi rejalashtirilgan seminarda JUDAUning malakali o‘qituvchilarini jalb etish, shuningdek, parrandachilik sohasida  hamkorlik qilishdan manfaatdorlik  bildirildi.

Tomonlar o‘zaro aloqalarni mustahkamlash maqsadida Hamkorlik memorandumi loyihasini ishlab chiqish va uni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan  “Innoprom” xalqaro ko‘rgazmasi davomida imzolash masalalari xususida ham fikr almashdilar.

Uchrashuv nihoyasida keyingi bosqich sifatida ilmiy masalalar bo‘yicha prorektorlar va kafedra mudirlari darajasida uchrashuvlarni tashkil etishga kelishib olindi.

Mavzuga oid

Ural davlat tibbiyot universitetida 100 ...

Ural davlat tibbiyot universiteti (UDTU) rahbariyati taklifiga binoan, mamlakatimizning Ye...

O‘zbekiston Maktabgacha va maktab taʼlim...

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiy...

Toshkent Prezident maktabi o‘quvchisi Qo...

Joriy yil 24-25-noyabr kunlari Ostona shahrida «STEM Olimpiadasi – taʼlimda innovatsiyala...

So`nggi yangiliklar