Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/May/2022   Markaziy Osiyo

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegara bojxona postlarining o‘tkazuvchanlik imkoniyatlari oshirish masalalarini muhokama qilmoqda

TOSHKENT, 28 may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston va Qozog‘iston bojxona xizmatlari xodimlari o‘rtasida videokonferensaloqa tarzida muloqot bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Davlat bojxona qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda ikki davlat bojxona xizmatlarining sohaviy va hududiy boshqarmalari hamda chegaradosh bojxona postlari boshliqlari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida chegara bojxona postlarining o‘tkazuvchanlik imkoniyatlarini oshirish borasidagi mavjud muammolar va kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan vazifalar, bojxona postlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, o‘zbek-qozoq davalat chegarasi orqali harakatlanayotgan transport vositalari haydovchilari va fuqarolarga qulayliklar yaratish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Qozog‘iston tomoni bilan ikki tomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantirish, bojxona postlarida tirbandliklar kelib chiqishini oldini olish hamda bojxona postlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha tadbirlar belgilab olindi.

Maʼlumot uchun, bugungi kunda O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasida 10 ta bojxona postlari va 2 ta bojxona punktlari faoliyat olib borayotgan bo‘lib, bir sutka davomida o‘rtacha 27 mingta transport vositalari va 7 ming 200 nafar yo‘lovchilar harakatlanmoqda.

Mavzuga oid

Qirg‘izistonning Kara-Suy tumani bilan c...

Joriy yil 20 may kuni O‘sh viloyati Kara-Suy tumanining Telman qishlog‘ida o‘tkazilgan qi...

O‘zbekiston Prezidentining davlat tashri...

Nur-Culton shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston biznes-forumi va O‘zbekiston-Qozog‘iston ishbi...

MOXIda Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamko...

9 avgust kuni Markaziy Osiyo xalqaro institutida (MOXI) «Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamk...

So`nggi yangiliklar