Uz / Ўз Ru En

Toshkent

04/Dekabr/2022   TIV yangiliklari

O‘zbekiston va Portugaliya TIV rahbarlari o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

TOSHKENT, 4-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Lodz shahrida bo‘lib o‘tgan YEXHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtiroki davomida Portugaliya tashqi ishlar vaziri Joao Gomes Kravinyo bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


TIV maʼlumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan barcha sohalarda O‘zbekiston-Portugaliya hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Portugaliyani katta iqtisodiy, texnologik, madaniy, intellektual salohiyatga va boy tarixga ega Yevropa Ittifoqidagi istiqbolli hamkor sifatida bilishi alohida taʼkidlandi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati hamda Portugaliya Assambleyasi o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirish, o‘zaro tashriflar amalga oshirish, parlamentlararo do‘stlik guruhlarini tashkil etish muhimligi taʼkidlandi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni chuqurlashtirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.

Ikki mamlakat ilmiy markazlari va yetakchi universitetlari o‘rtasidagi aloqalarni yo‘lga qo‘yish orqali madaniy-gumanitar hamkorlikni, xususan, taʼlim sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

O‘zbekiston va Portugaliya hududlari, xususan, Buxoro va Portu shaharlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Mavzuga oid

TIVda Konstitutsiyaviy islohotlarga bag‘...

Kecha O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida mamlakatimizdagi Konstitutsiyaviy islohotlarga...

O‘zbekiston TIV: Qator davlatlar bilan u...

Oxirgi bir necha kun ichida O‘zbekiston hududi orqali 1 ming 982 nafar chet el fuqarosini ...

O‘zbekiston Prezidentining Maxsus vakili...

O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Ergashev Birlashga...

So`nggi yangiliklar