Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Yanvar/2023   TIV yangiliklari

O‘zbekiston va Polsha hamkorligi istiqbollari muhokama qilindi

 TOSHKENT, 29-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Polsha Tashqi ishlar vazirligi Sharq departamenti direktori Malgojata Kotsiura-Kajmiyerska bilan videokonferensaloqa shaklida muloqot bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Suhbat chog‘ida siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi O‘zbekiston-Polsha ko‘p qirrali hamkorligining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlar va turli darajalardagi tashriflarning taqvimi, tashkiliy va mazmuniy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Tomonlarning xalqaro tashkilotlar doirasida, jumladan, “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” shaklidagi o‘zaro aloqalari yuzasidan fikr almashildi.

Turli yo‘nalishlarda konstruktiv muloqotni yana-da mustahkamlashga o‘zaro tayyorlik tasdiqlandi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston TIV rahbarining o‘rinbosari ...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov bugun BMTning Qochqinla...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri yevrode...

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bugun tashrif bilan Toshkentga kelgan Yevropa parla...

O‘zbekiston TIV rahbari Koreya Respublik...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov bugun O‘zbekiston-Koreya o‘rtasidagi siyos...

So`nggi yangiliklar