Uz / Ўз Ru En

Toshkent

02/Dekabr/2021   Dolzarb

O‘zbekiston va Niderlandiya noqonuniy migratsiyani oldini olish bo‘yicha birgalikdagi saʼy-harakatlarni faollashtiradi


BRYUSSEL, 2 dekabr. “Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi vakillari Niderlandiya ichki ishlar vazirligi xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazida ushlab turilgan O‘zbekiston fuqarolariga konsullik huquqiy yordami ko‘rsatish maqsadida ushbu davlat Adliya va xavfsizlik vazirligi Migratsiya xizmati masʼul xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mamlakatimiz elchixonasi tahliliga ko‘ra, diplomatiya missiyasi konsullik okrugiga (Belgiya, Daniya, Niderlandiya, Lyuksemburg) O‘zbekiston fuqarolari, asosan, Boltiqbo‘yi davlatlari, Polsha, Ruminiya va Bolgariya orqali kirib kelmoqda. Ko‘plab yurtdoshlarimiz noqonuniy faoliyat yuritayotgan guruh yoki shaxslarning soxta vaʼdalariga ishonib, G‘arbiy Yevropa mamlakatlariga vizasiz, ishlashga va yashashga tegishli ruxsatnomasiz kelib, qurilish, transport, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda mehnat qilmoqda.

Achinarli tomoni shundaki, vatandoshlarimiz xorijiy davlat qonunchiligini buzgani uchun maʼmuriy, hatto jinoiy javobgarlikka tortilgan hollar ko‘paymoqda.

Uchrashuvda  yuqorida qayd etilgan holatlarning oldini olish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirish, xususan mehnat muhojirlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish kabi masalalar muhokama qilindi.

Niderlandiya rasmiylari ushbu mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha jabhalarida malakali mutaxassislarga bo‘lgan talab doimo yuqori bo‘lgan. Koronavirus pandemiyasi taʼsirida ishlab chiqarishning ko‘pgina tarmoqlarida iqtisodiy inqiroz yuzaga kelgan va ishsizlik darajasi yuqorilagan bo‘lsada, qator yo‘nalishlarda, jumladan qurilish, qishloq xo‘jaligi, transport, xizmat ko‘rsatish va boshqa shu kabi sohalarda ishchi kuchiga bo‘lgan talab ilgarigi ko‘rsatgichlarni saqlab qolgan.

Niderlandiyada noqonuniy yashayotgan va ishlayotgan xorijlik mehnat muhojirlariga nisbatan qonun talablari qatiy, maʼmuriy, hatto jinoiy javobgarlik ham belgilangan.

Suhbatda Niderlandiya Migratsiya xizmati masʼul xodimlari Polsha va Belarus chegarasidagi, umuman Yevropaga xavf solib turgan migratsiya inqirozi ushbu mamlakat tegishli idoralarini ham hushyorlikka undayotganini taʼkidlab, bu vaziyatga O‘zbekiston fuqarolari ham aralashib qolishining oldini olishda hamkorlik qilishni taklif qildi.

So‘nggi yillarda Niderlandiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari ko‘payayotgani, ular, asosan, turli yo‘llar bilan olingan vaqtincha viza yoki vaqtincha yashash va ishlashga ruxsat guvohnomasi rasmiylashtirgani maʼlum qilindi. Bu toifadagi fuqarolar Niderlandiyaga sayohat qilishi mumkinligi, ammo mehnat qilish uchun mamlakat rasmiy idoralari ruxsatini olishi shartligi taʼkidlandi.

Suhbat yakunida migratsiya sohasida, xususan, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish, majburiy mehnat va odam savdosining oldini olish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish va hamkorlik qilish, ikki mamlakat masʼul idoralari vakillarining o‘zaro tashriflarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston elchisi Portugaliya Preziden...

O‘zbekiston Respublikasi elchisi Sardor Rustamboyev 20-iyul kuni Lissabonda Portugaliya Re...

O‘zbekistonda Olimpiya va milliy sport t...

2022-2026 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi loyihasida O‘zbekistonda Ol...

O‘zbekiston va Malayziya mutaxassislari ...

Mamlakatimizning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huz...

So`nggi yangiliklar