18/May/2023 Hamkorlik
QOHIRA, 18-may. /“Dunyo” AA/. Joriy yilning 16-may kuni O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda Misr akkreditatsiya kengashi ijroya direktori mutaxassislari qo‘shma Ishchi guruhining birinchi yig‘ilishi onlayn formatda o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbirda 2023 yil 20-21 fevral kunlari Misrga amalga oshirilgan Oliy darajadagi tashrif doirasida imzolangan Anglashuv memorandumini amalga oshirish masalalari muhokama etildi.
Yig‘ilishda har ikki tomon o‘z faoliyatlari to‘g‘risida prezentatsiya materiallarini namoyish qildi. Shundan so‘ng, o‘zaro tajriba almashish, o‘zaro sertifikatlarni tan olish, erkin savdoni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi. Tomonlar o‘zaro tashriflarni tashkil etish, malaka oshirish o‘quv kurslari tashkil etish, xalqaro tashkilotlarda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini kelishib oldilar.