Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Mart/2023   Prezident

O‘zbekiston va Misr Prezidentlari telefon orqali muloqot chog‘ida oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosini muhokama qildilar

 TOSHKENT, 27-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bilan bugun bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotida oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosining tahlili batafsil ko‘rib chiqildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston va Misr yetakchilari suhbatni muborak Ramazon oyi kirib kelgani bilan bir-birini samimiy qutlashdan boshlab, do‘st xalqlarimizga farovonlik, tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladilar.

Ikki mamlakat yetakchi kompaniyalarining energetika, tog‘-kon, charm va zargarlik tarmoqlari, sog‘liqni saqlash va telekommunikatsiya sohalari kabi yo‘nalishlarda aniq kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.

Qo‘shma loyihalarni samarali amalga oshirish uchun faol muloqotlarni davom ettirish va qulay sharoitlarni shakllantirish muhimligi qayd etildi.

Shu maqsadda ikki tomonlama Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishlarini muntazam o‘tkazib borish zarurligi taʼkidlandi.

Xalqaro va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Eslatib o‘tamiz,  O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 20-21 fevral kunlari Qohiraga amalga oshirgan  rasmiy tashrifi  va Prezident Abdulfattoh as-Sisi bilan o‘tkazgan muzokaralari chog‘ida davlat rahbarlari  ustuvor sohalardagi ko‘p qirrali hamkorlikni yana-da kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, sammit doirasida  O‘zbekiston-Misr munosabatlarini mustahkamlash va rivojlantirish bo‘yicha bir qator ikki tomonlama hujjatlarni imzoladilar.

“Dunyo” AA arxividan olingan surat.

Mavzuga oid

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tash...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti ...

O‘zbekiston Prezidenti Shofirkondagi min...

Prezident Shavkat Mirziyoyev Shofirkon tumanidagi “Buxara Azteks” tikuvchilik korxonasi fa...

2026 yilga borib mamlakatimiz iqtisodiyo...

Mamlakatimiz rahbari bugun O‘zbekiston metallurgiya kombinatida ushbu sohani rivojlantiris...

So`nggi yangiliklar