Uz / Ўз Ru En

Toshkent

14/Dekabr/2021   Ta'lim

O‘zbekiston va Misr oliy ta’lim muassasalari hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilab oldi

QOHIRA, 14-dekabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonning Qohiradagi elchixonasi ko‘magida Farg‘ona politexnika instituti va Misrning “Helvon” universiteti o‘rtasida onlayn-muloqot tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


Mamlakatimizning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishining asosiy me’zonlaridan biri yetuk kadrlar, jahon talablari bilan hamnafas malakali mutaxassislar tayyorlash hisoblanadi. Shu bois O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning oliy ta’lim tizimini rivojlantirishga doir ko‘rsatmalariga muvofiq, respublikamizdagi universitet va institutlar xorijdagi nufuzli oliy o‘quv yurtlari bilan aloqalarni rivojlantirmoqda.

“Helvon” universiteti Misrning uzoq tarixga ega ta’lim dargohlaridan bo‘lib, XIX asrda podshoh Muhammal Ali tomonidan tashkil etilgan “Boshqaruv maktablari” negizida tuzilgan. Xususan, universitetning Amaliy san’at fakulteti 1839 yil, Nafis san’at fakulteti 1908 yil, Adabiyot fakulteti 1936 yilgan buyon faoliyat yuritmoqda. Oliy o‘quv yurtida 24 ta fakultet bo‘lib, ularda 198 ming nafar talaba tahsil oladi.

Onlayn-muloqot chog‘ida Farg‘ona politexnika instituti, uushbu oliy bilim yurtida yaratilgan sharoitlar, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda oliy ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, istiqboldagi o‘zaro hamkorlikning aniq yo‘nalishlari muhokama qilindi. Birgalikda o‘quv darsliklari va uslubiy-metodik qo‘llanmalar tayyorlash yuzasidan hamkorlik qilishga qiziqish bildirildi.

Talabalar va o‘qituvchi-professorlar almashish, o‘zaro malaka oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish, ilmiy tadqiqot sohasida qo‘shma loyihalarni hayotga tadbiy etishga doir Anglashuv memorandumi loyihasini tayyorlashga kelishib olindi.

Mavzuga oid

Samarqand turizm universiteti Shotlandiy...

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi ko‘magida Samarqand xalqaro turizm univers...

Mirzo Ulug‘bek tavalludining 627-yilligi...

Mirzo Ulug‘bek tavalludining 627-yilligi munosabati bilan «Ulug‘bek izdoshlari» olimpiadas...

O‘zbekiston va Italiya moda va dizayn in...

O‘zbekistonning Italiyadagi elchixonasi tashabbusi bilan Kamoliddin Behzod nomidagi Milli...

So`nggi yangiliklar