Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/May/2022   Ilm-fan

O‘zbekiston va Malayziya kosmik sohada qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish istiqbollarini muhokama qilmoqda

KUALA-LUMPUR, 28 may. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz  elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi (“O‘zbekkosmos”) bosh direktori vazifasini bajaruvchi Shuhrat Qodirov va Malayziya kosmik agentligi bosh direktori Azlikamil Napia o‘rtasida videokonferensiya shaklida muzokaralar tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Malayziya vakili O‘zbekistonda kosmik tadqiqotlar va texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar, jumladan “O‘zbekkosmos” agentligining asosiy vazifalari bilan tanishtirildi.

Tomonlar kosmik monitoringni amalga oshirish, sunʼiy yo‘ldosh apparatlari orqali yerni masofadan zondlash, kosmik va geoaxborot texnologiyalari yordamida iqtisodiyot tarmoqlari hamda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan dasturlarni qo‘llash yo‘nalishlarida tajriba almashish, qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lgan qo‘yish  masalalarini muhokama qildi.

Kosmik tarmoqni rivojlantirish sohasidagi Malayziya qonunchiligini o‘rganishga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv natijasida qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha  ishchi guruh tuzish, hamkorlik Memorandumini  ishlab chiqish va imzolash, shuningdek o‘zaro tashriflarni amalga oshirish kabi qator  kelishuvlarga erishildi.

Mavzuga oid

“El-yurt umidi” jamg‘armasi huzuridagi X...

“El-yurt umidi” jamg‘armasi qoshida tashkil etilgan Xalqaro ekspertlar kengashining ikkinc...

O‘zbekiston tarixida birinchi elektron d...

Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bakal...

O‘zbekistonlik olimlar SARS-CoV-2 korona...

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi olimlari O‘zbek...

So`nggi yangiliklar