Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/Iyul/2021   Jamiyat

O‘zbekiston va Janubiy Koreyaning saraton kasalliklarini davolashga ixtisoslashgan tibbiy muassasalari o‘rtasida amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

SЕUL, 1 iyul. /«Dunyo» AA/. Onkologiya kasalliklari diagnostikasi va ularni davolash sohasida tajriba almashish maqsadida O‘zbekistonning Respublika onkologiya kasalliklari ilmiy markazi va Janubiy Koreyadagi Seul milliy universitetining Bundang shifoxonasi o‘rtasida teleko‘prik tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


Ushbu tadbir joriy yil 31 may – 4 iyun kunlari O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Hojiboyev boshchiligidagi delegatsiyaning Janubiy Koreyaga buyurgan amaliy safari yakunlarining mantiqiy davomi bo‘ldi. O‘shanda mamlakatimiz delegatsiyasi a’zolari Seul milliy universitetining Bundang shifoxonasida bo‘lib, mazkur tibbiyot muassasasining bosh shifokori Pek Nam Chjon bilan muzokaralar o‘tkazgan edi.

Bundang shifoxonasi 2003 yil universitetning tibbiyot bo‘limi negizida tashkil etilgan bo‘lib, Janubiy Koreyadagi yetakchi va nufuzli kasalxonalaridan biri hisoblanadi.

O‘zbekiston tomonidan sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Ulug‘bek Sobirov, Janubiy Koreya tomonidan Bundang shifoxonasi bosh shifokori Pek Nam Chjon tashkil etilgan teleko‘prik tadbirini boshqardi.

Onlayn-muloqot chog‘ida asosiy e’tibor saraton kasalliklarini barvaqt aniqlash va skrining sohasidagi Janubiy Koreya tajribasini qo‘llash masalasiga qaratildi. Tomonlar eng dolzarb kasalliklar diagnostikasi va ularni davolash bo‘yicha vebinarlar tashkil etishga kelishib oldilar.

Tadbir chog‘ida onlayn shaklda O‘zbekistonning Respublika onkologiya kasalliklari ilmiy markazi va Janubiy Koreyadagi Seul milliy universitetining Bundang shifoxonasi o‘rtasida Hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Ushbu hujjat ikki tomonlama mutaxassis, davolash uslublari va o‘quv materiallari almashuvi tashkil etilishini hamda saraton kasalliklarini tadqiq etish sohasidagi o‘zaro hamkorlikni ko‘zda tutadi.

Teleko‘prikning ikkinchi qismida bo‘lib o‘tgan onlayn-maslahatlashuvlar chog‘ida ikki tibbiyot muassasasi mutaxassislari murakkab ahvoldagi bemorlar holatini muhokama qilishganlari barobarida Seul milliy universitetining Bundang shifoxonasi yetakchi shifokorlari va professorlarining tegishli klinik tavsiyalarini oldilar.

Teleko‘prik yakunlari bo‘yicha onkologiya kasalliklarini davolash sohasida tajriba almashishni izchil davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid

«PISA tadqiqotida kreativ fikrlashni bah...

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan «PISA tadqiqotida kreativ fikrla...

O‘zbekiston innovatsion sog‘liqni saqlas...

O‘zbekiston innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasiga taniqli rossiyalik shifokor, ...

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari ag...

O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Rossiya Federatsiyasiga kiris...

So`nggi yangiliklar