Uz / Ўз Ru En

Toshkent

02/Dekabr/2021   Iqtisodiy diplomatiya

O‘zbekiston va Italiya vakillari qurilish sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildi

 MINSK, 2 dekabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Minskdagi elchixonasi ko‘magida videokonferensiya shaklida O‘zbekiston qurilish vazirligi, Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi rahbariyati va Italiyaning «GEI Holding» kompaniyasi vakillari o‘rtasida muloqot tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Onlayn-tadbirda O‘zbekiston qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Davronjon Odilov, Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktori o‘rinbosari Oybek Elmurodov, «GEI Holding» vitse-prezident Aleksandr Deryabin va kompaniyaning Belarusdagi vakili Nikolay Botko ishtirok etdi.

Tomonlar qurilish sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va ilg‘or texnologiyalar jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

«GEI Holding» kompaniyasi rahbariyati pudratchi va investor sifatida, jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida O‘zbekistonda ijtimoiy va ishlab chiqarish obyektlari qurilishida ishtirok etishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekistonda investitsiya muhitini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, investitsiya kiritayotgan kompaniyalarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun taqdim etilayotgan imkoniyatlar, mamlakatimizda muvaffaqiyatli bajarilayotgan va istiqbolli dasturlar, investitsiya loyihalari haqida maʼlumot taqdim etildi.

Muzokaralar yakunida istiqbolli loyihalar bo‘yicha axborot almashish va tashkiliy-texnik masalalarni hal etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirinin...

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaz...

Turkiyalik tadbirkor: O‘zbekiston o‘z ta...

Xorijdagi salohiyatli vatandoshlar sarmoyasini davlatimiz iqtisodiyotiga jalb etish yo‘nal...

O‘zbekiston va Bangladesh sanoat koopera...

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Bangladesh Xalq Respu...

So`nggi yangiliklar