Uz / Ўз Ru En

Toshkent

07/Dekabr/2021   Iqtisodiy diplomatiya

O‘zbekiston va Italiya qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirmoqda

RIM, 7 dekabr. /“Dunyo” AA/. Kecha mamlakatimizning Rimdagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi va Italiya qishloq xo‘jaligida tadqiqotlar va iqtisodiyot kengashi o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Italiya qishloq xo‘jaligida tadqiqotlar va iqtisodiyot kengashi prezidenti professor Karlo Gaudio bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar o‘rtasida ilmiy-texnik hamkorlik bo‘yicha qo‘shma ekspertlar guruhini tashkil etish, hamkorlikning asosiy ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va 2022-2025 yillar uchun ish rejasini ishlab chiqish masalalari muhokama etildi.

Professor Karlo Gaudio o‘tgan 3 yil davr mobaynida Kengashning qishloq xo‘jaligida iqlim o‘zgarishiga moslashish va atrof-muhit muhofazasi, raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda o‘simlik, hayvon va mikrobial genetik resurslar, oziq-ovqat mahsulotlarida sifat masalalari asosiy tadqiqot yo‘nalishlari bo‘lganini maʼlum qildi.

Shu bilan birga, O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bilan yaqindan hamkorlik Kengashning bu borada to‘plagan boy bilim va tajribasini o‘zbek olimlariga ulashishda hamda qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirishda o‘zaro manfaatli bo‘lishini taʼkiladi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasida inn...

Finlyandiya dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchisi, taʼlim, infratuzilma va qurilish sohas...

Dubayda O‘zbekiston kimyo sanoati mahsul...

O‘zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulxonasida «ZARVA 360» kompaniyasi bosh ijrochi direkto...

ITSVda “JETRO” Yaponiya tashqi savdoni ...

O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) hamda “JETRO” Yaponiya tashqi...

So`nggi yangiliklar