Uz / Ўз Ru En

Toshkent

20/Yanvar/2022   Ta'lim

O‘zbekiston va Hindiston tahlil markazlarining uchinchi forumi bo‘lib o‘tdi

DЕHLI, 20-yanvar. /«Dunyo» AA/.  Kecha O‘zbekiston-Hindiston tahlil markazlarining uchinchi forumi onlayn shaklda bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


Hindiston Xalqaro ishlar kengashi, Markaziy Osiyo xalqaro instituti va Xalqaro aloqalar axborot-tahlil markazi bilan o‘zaro hamkorlikda o‘tkazilgan mazkur forumda har ikki mamlakatning nufuzli tahlil markazlari ekspertlari, tadqiqotchilar, savdo-sanoat palatalari vakillari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Forumni kirish nutqi bilan ochar ekan, Hindiston xalqaro ishlar ittifoqi bosh direktori Vijay Txakur Singx va Xalqaro aloqalar axborot-tahlil markazi direktori Doniyor Qurbonov tadbir qatnashchilarini qutlashdi.

3 seksiya ishi davomida ikki tomonlama strategik sheriklikning ustuvor yo‘nalishlari, xususan, siyosiy muloqot, investitsiya va savdo munosabatlari, transport, ijtimoiy-madaniy va boshqa sohalardagi hamkorlikning joriy holati bo‘yicha fikr almashildi, o‘zaro munosabatlarni yanada jadallashtirish bo‘yicha takliflar o‘rtaga tashlandi.

O‘z navbatida, tahlilchilar tomonidan Markaziy va Janubiy Osiyodagi hozirgi vaziyat, mintaqalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarga alohida e’tibor qaratildi. 

Bundan tashqari, ishtirokchilar O‘zbekiston va Hindiston tahlil markazlari o‘rtasidagi aloqalarning rivojlanish tarixi va bugungi darajasi haqida to‘xtalishar ekan, bu yo‘nalishdagi hamkorlikning ikki tomonlama munosabatlar rivojida muhim amaliy ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.

Eslatib o‘tamiz: O‘zbekiston-Hindiston tahlil markazlarining forumiga 2020 yilda asos solingan. Uning birinchi yig‘ilishi 2020 fevral oyida Dehli shahrida, ikkinchi uchrashuv esa 2021 yil fevralda onlayn shaklda o‘tkazilgan edi.

Mavzuga oid

Buyuk Britaniyaning Portsmut universitet...

Mamlakatimizning Londondagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridag...

O‘zbekiston elchisi Parij II Panteon-Ass...

Mamlakatimizning Parijdagi elchisi O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida oliy ta’lim sohasida ...

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan m...

Joriy yil 10 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident,...

So`nggi yangiliklar