Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/May/2022   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi oliy taʼlim sohasidagi hamkorlikning yangi marralari belgilanmoqda

 DEHLI, 28 may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston va Hindiston oliy taʼlim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik ko‘lamini kengaytirish borasida olib borilayotgan ishlar doirasida ayni kunlarda Namangan muhandislik-qurilish instituti delegatsiyasining mazkur mamlakatga tashrifi amalga oshirilmoqda, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Mamlakatimiz vakillari tashrif davomida Hindistonning Uttar-Pradesh shtati Meyrut shahrida joylashgan Subxarti universiteti rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi. Muloqot chog‘ida ikki oliy o‘quv yurti o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi imkoniyatlari batafsil muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida Namangan muhandislik-qurilish instituti haqida taqdimot namoyish etildi.

Muzokaralar yakunida ikki oliy o‘quv yurti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, o‘quv va akademik dasturlar borasida hamkorlik, ilmiy-tadqiqot ishlarini birgalikda yuritish kabi ko‘plab masalalarni o‘z ichiga oladi.

Tashrif davomida shuningdek, universitet fakultetlari faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Subxarti universiteti 2008 yilda tashkil topgan bo‘lib, Hindistonning eng nufuzli oliy o‘quv yurtlari qatoriga kiradi. Ushbu muassasadagi 14 ta fakultetda 6 ming 300 nafardan ortiq talaba muhandislik, texnologiya, huquq, jurnalistika, menejment va tibbiyot kabi yo‘nalishlarda tahsil olmoqda.

Mavzuga oid

O‘zbekiston elchisi Hindiston Saylov kom...

Mamlakatimiz elchisi Dilshod Axatov Hindiston Saylov komissiyasi raisi Sunil Arora bilan u...

O‘zbekiston mahsulotlarini turk onlayn ...

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida «O‘zbekiston pochtasi» AJ moliya direktori Rustam Dadamu...

O‘zbekiston elchisi Moskvada anesteziolo...

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Bоtirjon Asadov ushbu mamlakat Taʼlim va ilm-fan vazir...

So`nggi yangiliklar