Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/Sentabr/2021   Dolzarb

O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida geologiya sohasidagi hamkorlik ko‘lami yana-da kengaymoqda

DEHLI, 17-sentabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Hindistondagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi va Hindiston geologiya xizmati ekspertlar guruhining birinchi muloqoti videokonferensaloqa shaklida tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbirda O‘zbekiston geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘limi boshlig‘i Avazbek Daminov va Hindiston geologiya xizmati direktori Indranil Chakraborti boshchiligidagi mutaxassislar ishtirok etdi.

Muloqot davomida tomonlar geologiyaning turli sohalari, jumladan foydali qazilmalarni izlab topish va o‘zlashtirish borasida ilg‘or va innovatsion texnologiyalar joriy etish bo‘yicha so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar to‘g‘risida fikr almashdi.

Hindiston vakillari respublikamizda geologiya sohasida olib borilayotgan islohotlar, shu jumladan soha uchun yuksak malakali mutaxassislar tayyorlash, ishlab chiqarish sohalarini kengaytirish va rivojlantirish borasidagi keng qamrovli ishlarni yuqori baholab, o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Hindiston geologiya xizmati tomonidan o‘zbek geo-ilmiy mutaxassislari malakasini oshirish uchun o‘quv kurslarini o‘tkazishning tashkiliy jihatlari bo‘yicha maʼlumot berildi.

Uchrashuv yakunida pandemiya munosabati bilan kiritilgan karantin cheklovlari yengillashtirilganidan so‘ng o‘zbekistonlik geologlarning o‘zaro tajriba almashish va sohada to‘plangan ilg‘or amaliyot bilan tanishish uchun Hindistonga tashrifini tashkil etishga kelishib olindi.

Mavzuga oid

Ozarbayjondan munosabat: «Markaziy Osiyo...

Ozarbayjon Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi xalqaro munosabatlar va tas...

Toshkentda tinchlik va xavfsizlikni taʼm...

2021 yil 16-17 dekabr kunlari Toshkentda “Ayollar, tinchlik va xavfsizlik” kun tartibi ham...

Yaponiyalik ko‘ngillilar “Sardoba” suv ...

O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ko‘ng...

So`nggi yangiliklar