Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Iyun/2022   Hamkorlik

O‘zbekiston va Butunjahon intellektual mulk tashkiloti o‘rtasida hamkorlik chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi

TOSHKENT, 30-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Jeneva shahrida Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bosh direktori o‘rinbosari Hasan Kleyb hamda Mintaqaviy va milliy rivojlanish sektori Habip Asan bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Vazirlik maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuv doirasida Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bosh direktori o‘rinbosari O‘zbekiston hukumati tomonidan innovatsion ekotizmni yaratishga bo‘lgan etiborni yuqori baholadi. Shu o‘rinda, Butunjahon intellektual mulk tashkiloti kichik va o‘rta biznes, yoshlar va xotin-qizlarni tashkilot tassarufidagi dasturlar doirasida qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini maʼlum qildi. 

Jumladan, «WIPO Academy» va «Summer School» dasturlari doirasida eksportchilar, startapchilar va biznes vakillarga intellektual mulkni tijoratlashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning yechimiga manzilli yo‘naltirish borasida kerakli bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha treninglar tashkil qilish, ularni «WIPO IP Diagnostics» dasturi doirasida qo‘llab-quvatlashga kelishib olindi. 

Uchrashuv natijasiga ko‘ra, tomonlar Butunjahon intellektual mulk tashkiloti va O‘zbekiston o‘rtasida hamkorlik chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadigan bo‘ldi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Janubiy Koreya hududlari ...

O‘zbekistonlik diplomatlar Janubiy Koreyaning Pyontek shahri maʼmuriyatining xalqaro almas...

Samarali hamkorlikning muhim asosi

YEXHT DIIHB yaqinda o‘z rasmiy saytida 2021 yilda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidenti say...

Berlinda O‘zbekistonda yashaydigan nemis...

Germaniya poytaxtida O‘zbekistonda yashaydigan nemislar masalasi bo‘yicha O‘zbekiston-Germ...

So`nggi yangiliklar