Uz / Ўз Ru En

Toshkent

18/Yanvar/2022   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

O‘zbekiston va Belarus parrandachilik sanoati uchun aralash ozuqa ishlab chiqarishni tashkil etishda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildi

MINSK, 18-yanvar. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonning Belarusdagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston «Parrandasanoat» uyushmasi va Belarusning «Lacroix» kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida videokonferensiya vositasidagi muzokaralar o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


Onlayn uchrashuv chog‘ida parrandachilik sanoati uchun ozuqa bazasini rivojlantirishda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Belarusning ilg‘or texnologiyalari va tajribasini jalb etgan holda ozuqa ishlab chiqarish majmualarini barpo etish bo‘yicha kooperativ loyihalarni amalga oshirish masalasi muhokama qilindi.

Belarus kompaniyasiga O‘zbekistonda parrandachilikni rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, investitsiya muhiti va mamlakatimizning tobora o‘sib borayotgan bozori, jozibali xalqaro biznes imkoniyatlari va istiqbolli dasturlar haqidagi batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Belarus tomonidan ozuqa bazasini takomillashtirish va sanoatni rivojlantirish sohasida kooperatsion aloqalarni yo‘lga qo‘yishga, shuningdek, O‘zbekistonda qo‘shma ishlab chiqarishni tashkil etishni yanada rivojlantirishga qiziqish bildirildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda eng foydali ozuqa qo‘shimchalarni ishlab chiqarish, ularni O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha normativ hujjatlar, shuningdek, xususiy kapital ishtirokida istiqbolli loyiha takliflarini tayyorlash bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi. 

O‘z navbatida, Belarus kompaniyasi ushbu takliflarni o‘rganib chiqish, o‘zaro manfaatli hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini shakllantirish va ularni batafsil muhokama qilish uchun O‘zbekistonga amaliy safar uyushtirishini ma’lum qildi. 

Uchrashuvda, shuningdek, tomonlar istiqbolli loyihalar bo‘yicha tezkor axborotlarni o‘zaro almashish va tashkiliy-texnik masalalarni hal etishga ham kelishib oldi.

«Lacroix» kompaniyasi yuqori sifatli aralashma ozuqa, premixlar va ozuqa qo‘shimchalari (aminokislotalar, vitaminlar), murakkab komponentlar va oziqlanish dasturlari formulalarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Hozirgi paytda kompaniyaning  mahsulotlari Rossiya, Yevropa (Polsha, Germaniya, Vengriya, Italiya) va Kanada bozorlariga yetkazib berilmoqda.

Mavzuga oid

Niderlandiyadagi shifoxonada davolangan ...

O‘zbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi elchixonasi vakillari diplomatiya vakolatxonasi...

Qoraqalpog‘istonning maktabgacha ta’lim ...

O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi Javlon Vahobov Nukusda Qoraqalpog‘iston maktabgacha ta’li...

O‘zbekiston Xalqaro turkiy madaniyat tas...

O‘zbekistonning YUNESKOdagi doimiy vakili Umid Shodiyev Xalqaro turkiy madaniyat tashkilo...

So`nggi yangiliklar