Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Dekabr/2022   TIV yangiliklari

O‘zbekiston TIV rahbarining o‘rinbosari va Misr elchisi tomonlar turli sohalarda qo‘shma loyihalarni faol ilgari surish tarafdori ekanini bildirdi

TOSHKENT, 6 dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev bugun Misr elchisi Amira Fahmiy bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


TIV maʼlumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Misr hamkorligi, xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi o‘zaro munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, turizm, taʼlim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni faol ilgari surish tarafdori ekanligini bildirdi.

Bo‘lajak turli darajadagi qo‘shma tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.

Muloqotda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

 Anvar Ilyosov olgan surat (“Dunyo” AA)

Mavzuga oid

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Ohanga...

Toshkent viloyati Ohangaron shahrida amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash...

O‘zbekiston va Tojikiston Tashqi ishlar ...

Bugun O‘zbekiston va Tojikiston tashqi siyosiy idoralari yuridik xizmatlarining videokonfe...

O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari tele...

Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov Xitoy tashqi ...

So`nggi yangiliklar