28/Noyabr/2022 TIV yangiliklari
TOSHKENT, 28-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Bahrom Aʼloyev Rossiya elchisi Oleg Malginovni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda tomonlar so‘nggi yillarda ko‘p qirrali O‘zbekiston-Rossiya hamkorligi misli ko‘rilmagan darajada yuqori darajaga ko‘tarilganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Davlatlararo hamkorlikni barcha darajalarda rivojlantirishning hozirgi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Turli darajalardagi kelgusi tadbirlarning jadvali va kun tartibi ko‘rib chiqildi.
Tomonlarning xalqaro va mintaqaviy institutlar doirasida muloqotni davom ettirishga tayyorligi qayd etildi.
Savdo-iqtisodiy aloqalar va sanoat kooperatsiyasini faollashtirish bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqildi.
Anvar Ilyosov olgan surat (“Dunyo” AA).