02/Fevral/2023 TIV yangiliklari
TOSHKENT, 2-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev kecha Bangladesh elchisi Zaxangir Alam bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, suhbat davomida turli yo‘nalishlardagi O‘zbekiston-Bangladesh aloqalarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari o‘rtasida rejalashtirilgan tadbirlar jadvali kelishib olindi.
Sayyohlik, ayniqsa, ziyorat-turizm va to‘qimachilik sohalarida hamkorlikning mavjud salohiyatini ro‘yobga chiqarish muhimligi taʼkidlandi.