07/Dekabr/2022 TIV yangiliklari
TOSHKENT, 7 dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov kecha Saudiya Arabistoni elchisi Yusuf al-Utaybiyni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, muloqotda ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning borishi ko‘rib chiqildi.
Afg‘oniston xalqiga insonparvarlik yordam ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni ishlab chiqish, Afg‘onistonda ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvalini kelishib oldi.
Anvar Ilyosov olgan surat (“Dunyo” AA).