Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/May/2022   TIV yangiliklari

O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari Misr xalqaro hamkorlik vazirining o‘rinbosari bilan uchrashdi

QOHIRA, 26 may. /“Dunyo” AA/. Qohira shahrida bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov Misr xalqaro hamkorlik vaziri o‘rinbosari Sherixan Bixeyt bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning samarali faoliyati savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi aloqalar rivojida muhim o‘rin tutishi qayd etildi.

Iqtisodiy aloqalarni sezilarli jonlantirish, savdo hajmini mamlakatlarimiz salohiyatiga mos keladigan yangi, yuqori sifat darajasiga ko‘tarish maqsadida Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi 7-yig‘ilishini 2022 yilning ikkinchi yarmida Toshkentda o‘tkazishdan tomonlar manfaatdorligi tasdiqlandi.

Suhbat davomida tashqi savdo yuklarining logistika xarajatlarini kamaytirish va marshrutlarni optimallashtirish maqsadida ikki mamlakat transport vazirliklari o‘rtasida ishchi guruhni tashkil etish hamda hamkorlik bitimini imzolash imkoniyati ham ko‘rib chiqildi.

Qohiradagi elchixonamiz xabar berishicha, uchrashuvda mamlakatlarimizda faoliyat ko‘rsatayotgan erkin iqtisodiy hududlarda o‘zaro hamkorlikda farmatsevtika, zamonaviy qurilish materiallari, to‘qimachilik va turizm infratuzilmasi sohalarini rivojlantirishga oid qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirildi.

Mavzuga oid

Tashqi ishlar vazirligi poytaxtdagi 203-...

Yangi yil arafasida tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov nomidan Tashqi ishlar vazirligi...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Rossiya...

Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatimizda amaliy tashrif bil...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘r...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Rim shahrida Italiya Pr...

So`nggi yangiliklar