10/Iyun/2022 TIV yangiliklari
TOSHKENT, 10 iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov bugun Germaniya elchisi Tilo Klinner bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, muloqot chog‘ida O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasidagi hamkorlikning holati va istiqbollari, yuqori va oliy darajadagi muntazam siyosiy muloqot va aloqalarni davom ettirish masalalari muhokama qilindi.
Germaniyaning yetakchi kompaniyalari bilan savdo, sarmoya, yuqori texnologiyalar, sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.
Germaniya tomoni O‘zbekiston bilan so‘nggi yillarda o‘zaro manfaatli sohalarda aloqalar faollashganini ijobiy baholadi.
Uchrashuvda mintaqaviy va xalqaro kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Konstruktiv va ishonchli O‘zbekiston - Germaniya muloqotini yana-da rivojlantirishga ikki tomon ham tayyor ekanligi tasdiqlandi.
Anvar Ilyasov olgan suratlar (“Dunyo” AA)