29/Iyun/2022 TIV yangiliklari
TOSHKENT, 29-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov bugun Belarus elchisi Leonid Marinichni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida turli sohalardagi O‘zbekiston-Belarus hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Tomonlarning xalqaro institutlar, jumladan, BMT va Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi hamkorligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Ikki va ko‘p tomonlama shakllarda bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali va ularning tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqiladi.
Anvar Ilyosov olgan surat (“Dunyo” AA)