Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/Mart/2023   Sanalar

O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidovning Navro‘z ayyomi munosabati bilan bayram tabrigi

 


Hurmatli vatandoshlar!

 

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi jamoasi va o‘z nomimdan barchangizni yasharish va yangilanish timsoli, mehr-muruvvat, tinchlik va ezgulik bayrami Navro‘zi olam bilan samimiy muborakbod etaman!

Buyuk bobokalonimiz, shoir va mutafakkir Alisher Navoiy “Har tuning qadr o‘lubon, har kuning o‘lsun Navro‘z”, deya o‘z asarlarida madh etgan ushbu qutlug‘ sana Birlashgan Millatlar Tashkilotining qaroriga binoan har yili xalqaro darajada nishonlanib kelayotgani Navro‘zning o‘lmas ruhi, umuminsoniy g‘oyalari bashariyat hayotidan chuqur o‘rin egallab borayotganidan dalolat beradi.

Navro‘zi olam tarannum etgan hamjihatlik, hamkorlik, bag‘rikenglik g‘oyalari bugun muhtaram Prezidentimiz rahbarligida hayotga tadbiq etilayotgan Yangi O‘zbekistonning konstruktiv va pragmatik tashqi siyosatida o‘z aksini topmoqda. Vatanimiz erishayotgan muvaffaqiyatlar, yurtimizda inson manfaatlari, uning qadr-qimmati va huquqlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar xalqaro hamjamiyat tomonidan eʼtirof etilmoqda.

 

Aziz yurtdoshlar!

 

Barchamiz uchun qadrli Navro‘z ayyomi bilan chin dildan tabriklayman! Ushbu qutlug‘ kun har bir xonadonga, el-yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, baxtu saodat, qut-baraka olib kelishiga tilakdoshman!

 

Navro‘zi Olam barchangizga muborak bo‘lsin!

Mavzuga oid

O‘zbekistonning BMT Butunjahon sayyohlik...

Joriy yil 2 mart kuni O‘zbekiston va BMT hamkorlikning 30 yilligini nishonlaydi. Mamlakati...

Belgiyada bo‘lib o‘tgan tadbir muhim san...

Mamlakatimizning Benilyuks davlatlaridagi elchixonasi tomonidan xorijdagi vatandoshlar o‘r...

Indoneziyadagi vatandosh: Gerbimiz o‘zin...

Indoneziyada istiqomat qilidigan vatandoshimiz Irina Alekseyeva O‘zbekiston Davlat gerbi ...

So`nggi yangiliklar