Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/May/2022   TIV yangiliklari

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida AQSH Davlat kotibi yordamchisi boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokaralar boshlandi

TOSHKENT, 24-may. /“Dunyo” AA/. Bugun ertalab O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida bir kun avval Toshkentga tashrif bilan kelgan AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi Donald Lu boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokaralar boshlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Uchrashuvda O‘zbekiston tomonidan tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston-AQSH muzokaralarida turli sohalardagi ikki tomonlama O‘zbekiston-Amerika munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro masalalr yuzasidan fikr almashiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 13 dekabr kuni Toshkentda O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasidagi Strategik sheriklik muloqotining birinchi majlisi bo‘lib o‘tgan, unda Davlat kotibining yordamchisi Donald Lu boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etgan edi.

Mavzuga oid

Bryusselda «O‘zbekiston – Yevropa Ittifo...

Kecha Bryussel shahrida «O‘zbekiston Respublikasi – Yevropa Ittifoqi» Hamkorlik kengashini...

Tashqi ishlar vazirligi va uning tarkibi...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi markaziy apparati va Tashqi ishlar vazirligi huzuridag...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbo...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov bugun Shveysariya elchisi Kon...

So`nggi yangiliklar