07/Sentabr/2021 TIV yangiliklari
TOSHKENT, 7-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov bugun Misr elchisi Amira Faxmiy bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Misr hamkorligining dolzarb masalalari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi o‘zaro munosabatlar muhokama qilindi.
Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, sayyohlik, taʼlim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish zarurligi taʼkidlandi.
Xususan, ikki mamlakat oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.