20/Yanvar/2022 TIV yangiliklari
TOSHKЕNT, 20-yanvar. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari G‘ayrat Fazilov Ruminiya elchisi Daniel Kristian Kiobanu bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston Ruminiyani Sharqiy Yevropadagi muhim va istiqbolli hamkor sifatida bilishi alohida ta’kidlandi.
O‘zbekiston va Ruminiya ikki tomonlama formatda hamda xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun ulkan salohiyatga ega ekani qayd etildi.
Shu nuqtai nazardan, muloqot chog‘ida siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni faollashtirish va kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ikki mamlakat parlamentlari, vazirlik va idoralari, shuningdek, ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlashdan o‘zaro manfaatdorlik qayd etildi.