Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/May/2021   TIV yangiliklari

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari YEXHT DIIHB Ehtiyojlarni baholash missiyasi rahbari bilan uchrashdi

TOSHKENT, 24-may. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev bugun  mamlakatimizga tashrif buyurgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining (YEXHT DIIHB) katta maslahatchisi, Ehtiyojlarni baholash missiyasi rahbari Aleksey Gromov bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


TIV maʼlumotiga ko‘ra, muloqot chog‘ida YEXHT DIIHB delegatsiyasiga respublikamizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, shu jumladan, qonun ustuvorligi, so‘z va matbuot erkinligini taʼminlash, fuqarolar huquq hamda erkinliklarini har tomonlama himoya qilish, gender tengligini ilgari surish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda umum eʼtirof etilgan xalqaro mezonlar asosida saylov qonunchiligini takomillashtirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumotlar taqdim etildi.

Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimizning chet eldagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan xorijda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarining konstitutsion huquqlarini amalga oshirishga ko‘maklashish borasidagi faoliyatiga alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, saylovda ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish, joylarga chiqib muddatdan oldin ovoz berish amaliyotini joriy qilish va boshqa amaliy tadbirlar haqida taʼkidlandi.

Tashrif doirasida YEXHT DIIHB delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Oliy sudi, Markaziy saylov komissiyasi, vazirlik va idoralarda uchrashuvlar, siyosiy partiyalar rahbarlari hamda fuqarolik jamiyati vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, 28 aprel kuni  O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (YEXHT DIIHB) direktori Matteo Mekachchi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va YEXHT  o‘rtasidagi hamkorlikning joriy holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar mamlakatimizda saylov qonunchiligi va amaliyotini bo‘lajak O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini hisobga olgan holda takomillashtirish borasida konstruktiv hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor ekanini tasdiqladi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston TIV rahbari Germaniya elchi...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov bugun German...

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Yevropa...

Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yevropa Ittifoqining mamlakatimiz...

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar v...

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida tashqi siyosat mahkamasi tizimida faoli...

So`nggi yangiliklar