Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/May/2022   O’zbekiston dunyo nigohida

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarining Qohiradagi “Al-Azhar” majmuasi Islom tadqiqotlari akademiyasiga tashrifi Misr OAV diqqat markazida

QOHIRA, 27-may. /“Dunyo” AA/. Qohira shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Sidiqovning “Al-Azhar” majmuasi Islom tadqiqotlari akademiyasi bosh kotibi Nazir Muhammad Nazir bilan o‘tkazgan uchrashuvi Misr ommaviy axborot vositalari tomonidan keng yoritilayotir, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Xususan, “Al-Azhar” majmuasi veb-sahifasi, “al-Ahram”, “Masraviy”, «Sado al-Balad», “Veto”, “Nabd”, “Dastur” singari ommaviy axborot vositalari mazkur uchrashuv tafsilotlariga oid xabar-maqolalarni o‘z o‘quvchilarining eʼtiboriga havola qildi.

Ularda bo‘lib uchrashuv chog‘ida ko‘pgina sohalarda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, xususan, turli ilmiy anjumanlarni tashkil etish, atamalarga to‘g‘ri sharh berish, ekstremistik g‘oyalar va islomofobiya bilan kurashish sohalardagi aloqalarni kengaytirish masallari muhokama qilingani atroflicha qalamga olingan.

«Ko‘plab ilmiy va tadqiqot sohalarida hamkorlik Memorandumlarini imzolash, imom-xatiblarni tayyorlash, arab tilini o‘rgatish, “Al-Azhar”da tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari ham muhokama qilindi,- deb yozadi Misr nashrlari. - Hamkorlik uchun “Al-Azhar” majmuasi rahbari, Bosh imom shayx Ahmad at-Tayyibning 2018 yil oktyabr va 2020 yil mart oylarida O‘zbekistonga tashriflari doirasida erishilgan kelishuvlar mamlakatlarimiz diniy-maʼrifiy muassasalari o‘rtasida ilm-fan, taʼlim va din sohalaridagi aloqalarni yana-da mustahkamlashga xizmat qilmoqda».

Misr ommaviy axborot vositalari qayd etganidek, uchrashuv chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi uzoq tarixga borib taqaladigan o‘zaro do‘stona munosabatlar alohida taʼkidlandi. Islom tamaddunini tadqiq etish, buyuk allomalar merosini avaylab asrash va bugungi avlod istiqboli bilan bog‘liq masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.

«O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari “Al-Azhar” ash-Sharifning butun dunyoda tutgan o‘rnini hamda “Al-Azhar” olimlarining atamalarni sharhlash  faoliyatini yuqori baholadi», deb yozadi Misr ommaviy axborot vositalari. Shuningdek, eʼlon qilingan mavzuga oid materiallarda O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari Islom tadqiqotlari akademiyasi bilan o‘zaro hamkorlikni barcha yo‘nalishlarda kengaytirish, jumladan, “Al-Azhar” bilan birgalikda kadrlar tayyorlash, ilmiy kitoblar va nashrlardan unumli foydalanish, arab tilini o‘qitish bilan bog‘liq loyihalarni tadbiq etishga tayyorligini tasdiqlagani ham alohida qayd etilgan.

Mavzuga oid

Ispaniyadan munosabat: Navoiy Migel Ser...

Ispaniyaning yetakchi nashrlaridan biri «Diario Arbat» gazetasining onlayn versiyasida (di...

«Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon ya...

«Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!» tadbirlar dasturi doirasida mamlakatimi...

Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strateg...

Qirg‘izistonning “Kabar” milliy axborot agentligi Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarg...

So`nggi yangiliklar