Uz / Ўз Ru En

Toshkent

10/Avgust/2021   O’zbekiston dunyo nigohida

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari: Xorijdagi vatandoshlar uchun notariat xizmatlari ko‘rsatish sifati oshmoqda

TOSHKENT, 10 avgust. /“Dunyo” AA/. “Notarius maslahati” ijtimoiy-huquqiy va ommaviy gazetaning joriy yil iyul sonida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Erkin Hamroyevning “Xorijdagi vatandoshlar uchun notariat xizmatlari ko‘rsatish sifati oshmoqda” sarlavhali maqolasi chop etildi.


Quyida ushbu maqolaning to‘la matni havola qilinmoqda.

“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining konsullik faoliyati juda keng qamrovli amaliy sohadir. Xalqaro shartnomalar va milliy qonunchilikka muvofiq, uning tarkibiga bevosita qator konsullik xizmatlari kiradi.

Mamlakatimizdan tashqarida istiqomat qilayotgan yurtimiz fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, viza taʼminoti, O‘zbekiston fuqaroligini berish, undan chiqish (yo‘qotish), shaxslarni fuqaroligiga mansubligini aniqlash, hujjatlarni qonuniylashtirish (legalizatsiya), pasport, tug‘ilganlik, vafot etganlik to‘g‘risida va nikoh guvohnomalarini rasmiylashtirish, chet elda qamoqqa olingan fuqarolarimizga tegishli yuridik yordam berish, odam savdosidan jabrlangan hamyurtlarimizga ko‘mak ko‘rsatish hamda ularni himoya qilish bo‘yicha faoliyatni yo‘lga qo‘yish, tabiiy va texnogen xususiyatga ega yoki boshqa favqulodda vaziyatlarda fuqarolarimizning xavfsizligini taʼminlash, Vatanimiz tergov organlari va sudlarining topshiriqlarini xorijiy davlatlarda bajarish, xorijdagi yurtdoshlarimizga saylov huquqlarini amalga oshirish uchun barcha kerakli sharoitlarni yaratish kabilar shular jumlasidandir.

Ushbu masʼuliyatli vazifalarni bajarish uchun konsullik xodimlaridan ikki va undan ko‘p xorijiy tillarni bilish bilan bir qatorda turli jabhalarga doir aniq ko‘nikmalarni mukammal egallashlari talab etiladi. O‘z ustida muntazam ishlash hamda izlanish, qator sohalar, xususan, notariat yo‘nalishi bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni chuqurlashtirib borish bu borada katta ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Notarial palatasi o‘rtasida joriy yil 5 fevral kuni imzolangan Hamkorlik memorandumi ijrosi ayni shu maqsadga xizmat qilib kelayotgani bilan muhimdir.

Zero, mazkur o‘zaro manfaatli hamkorlik natijasida qator amaliy ishlarga qo‘l urildi.

Xususan, mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxona va konsullik muassasalari masʼul xodimlari uchun fuqarolarga notariat sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlarga tegishli qonunchilikdagi islohotlarni batafsil tushuntirish, notariat hujjatlarini talab darajasida rasmiylashtirish, ushbu yo‘nalishda fuqarolarga malakali konsullik maslahatlarini berish, konsullik xizmatlari samaradorligini yana-da oshirishga bag‘ishlangan onlayn seminarlar, ochiq muloqot va davra suhbatlari tashkil etib kelinyapti.

O‘z navbatida, mazkur tadbirlar davomida fuqarolarga notariat sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar bo‘yicha yangicha yondashuvlar ishlab chiqilmoqda, sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini tatbiq qilgan holda ish yuritish uslubi takomillashtirilyapti, hamyurtlarimizda xorijiy mamlakatlarda notariat sohasiga doir yuzaga kelayotgan muammolar chuqur muhokamadan o‘tkazib olinmoqda.

Shuni taʼkidlash joizki, 2021 yil birinchi yarim yilligida respublikamizning xorijdagi diplomatik vakolatxona va konsullik muassasalarining notariat sohasida amalga oshirilgan konsullik harakatlari soni 5 ming 550 dan iborat bo‘lib, o‘tgan yilning ushbu davriga nisbatan 28,8 foiz ko‘paygan. Ushbu ko‘rsatkich idoralaroro ikki tomonlama hamkorlik samarali yo‘lga qo‘yilganining yorqin ifodasidir.

Yana bir muhim yangilik, fuqarolarga sifatli notariat xizmatini ko‘rsatish maqsadida avtotransport vositalarini boshqarish ishonchnomasini rasmiylashtirish uchun onlayn ariza tizimi joriy etilganini ham alohida qayd etish joiz.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxona va konsullik muassasalarining notariat sohasidagi faoliyatida zamonaviy AKTni yana-da keng qo‘llash doimiy eʼtiborda bo‘lib kelyapti. Ish yuritish va interaktiv konsullik xizmatlari elektron platformasini “Notarius” maʼlumotlar bazasiga ulash yuzasidan istiqbolli rejalar ishlab chiqilgani ham buning tasdig‘idir.

Qolaversa, xorijiy mamlakatlarda bo‘lib turgan yurtdoshlarimiz sohada duch kelayotgan muammolarni hal qilish maqsadida Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amaldagi qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritish takliflari ishlab chiqildi.

Ishonchimiz komilki, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Notarial palatasi o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan bunday sermahsul hamkorlik xorijiy davlatlardagi hamyurtlarimizning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.

Bu esa sifatli va qulay notariat xizmatlarini tashkil etishning muhim shartidir”.

Mavzuga oid

Erondan munosabat: O‘zbekiston Prezident...

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi Eronning «Fars new...

Ukrainadan munosabat: «Mozori-Sharif - K...

Ukraina ommaviy axborot vositalarida Pokiston portlariga kirishni ta’minlovchi «Mozori-Sha...

Yevropadan munosabat: O‘zbekiston pandem...

Mamlakatimizning Benilyuks mamlakatlaridagi elchixonasi “Euractiv” media-portali bilan ham...

So`nggi yangiliklar