27/May/2023 TIV yangiliklari
TOSHKENT, 27-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev “Kuwait Investment Co.” kompaniyasi prezidenti Yusuf Muxammad al-Alini qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda, jumladan, Kuvayt sarmoyalari va texnologiyalarini O‘zbekistonga jalb etish orqali iqtisodiy diplomatiyani faol ilgari surish masalalari muhokama qilindi.
Mamlakatimizda sanoat, qurilish, energetika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston va “Kuwait Investment Co.” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.