Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Iyun/2022   Sport

O‘zbekiston taekvondo ustalari Janubiy Koreyada zafar quchdi

TOSHKENT, 29-iyun. /“Dunyo” AA/.  O‘zbekiston taekvondochilari 24-27 iyun kunlari Koreya Respublikasida o‘tkazilgan taekvondo bo‘yicha navbatdagi Osiyo chempionati 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Bugun tongda o‘zbek taekvondosi tarixida yangi sahifa ochgan sportchilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida o‘tgan tantanali tadbirda sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikromov va uning o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov, MOQ Bosh kotibi Oybek Qosimov, Mudofaa vazirligi mutasaddilari, sportchilarimizning yaqinlari va OAV xodimlari ishtirok etdi.

Rasmiylar taekvondochilarimizni qarshi olar ekan, ular qayd etgan ulkan natija davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlarning samarasi ekanini alohida taʼkidlashdi. Mutasaddilar sportchilarimizni qo‘lga kiritilgan g‘alabalar bilan qutlab, kelgusida bundan-da katta marralarni zabt etishlarini tiladi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur Osiyo chempionatida 4 ta oltin medalga sazovor bo‘lgan yigitlarimiz umumjamoa hisobida musobaqa mezboni va ushbu sport turining vatani - Janubiy Koreyani ortda qoldirib, birinchi o‘rinni egalladi.

Shuningdek, musobaqada -74 kg vazn toifasida chempion bo‘lgan Jasur Jaysunov «Eng yaxshi sportchi», jamoa bosh murabiyi Pavel Xan esa «Eng yaxshi murabbiy» deb tan olindi.

Endi O‘zbekiston taekvonddo ustalari avgust oyida Turkiyaning Konya shahrida o‘tkaziladigan Islom birdamligi o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘radi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonda barcha futbol musobaqalari...

2020 yil 16 mart sanasidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida rejalashtirilgan futb...

Uchqun Quronboyev Tokio-2020 Paralimpiya...

Tokioda davom etayotgan yozgi Paralimpiya o‘yinlarida Vatanimiz sharafini himoya qilayotg...

Toshkentda shaxmat bo‘yicha II «Sohibqi...

12-15 may kunlari poytaxtimizda shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha II «Sohibqiron kubog...

So`nggi yangiliklar