15/Iyun/2020 Sayyohlik
TOSHKENT, 15-iyun. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi (XSTU) CBT (Community Based Tourism – hamjamiyatlarga asoslangan turizm) turizmiga bag‘ishlangan maxsus veb-sahifa - www.cbtuzbekistan.uzni ishga tushirdi, deb xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri.
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu manbada interaktiv xaritada joylashgan mehmonxonalar haqida batafsil ma’lumot mavjud.
Foydalanuvchilar uchun veb-sahifaning logistikasi va qulay ekotizimi O‘zbekistonning qishloq hududlarida maroqli dam olish uchun eng yaxshi muqobilni topishga imkon beradi.
Elektron manbada oilaviy mehmonxonalarda xordiq chiqarishga oid ma’lumotga qo‘shimcha ravishda, mamlakatning yetakchi turoperatorlari tomonidan ishlab chiqilgan SVT yo‘nalishlari ham o‘rin olgan.
Shuningdek, CBT loyihasini ilgari surish maqsadida mamlakatda qishloq turizmi qiyofasini shakllantirishi mumkin bo‘lgan O‘zbekistonning CBT (mehmonxonalari) ramzi ham ishlab chiqilgan. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – O‘zbekistonning samimiy mehmondo‘stligini o‘zida mujassam etgan Hospitality Uzbekistan maxsus uslubi va Community sayyohlik yo‘nalishini ishlab chiqishdan iborat.
CBT – bu hamjamiyatlarga asoslangan turizm bo‘lib, mahalliy jamoatchilik vakillari jalb qilingan va o‘z faoliyatlaridan foyda ko‘radigan turizm shaklini anglatadi.
Hamjamiyatlar turistlar uchun madaniy sayohatlarni taklif qilishi yoki shunchaki tegishli mehmonxonalarga ega bo‘lishi mumkin. Umuman olganda, jamoatchilikka asoslangan turizm mahalliy aholini jalb etish bilan birga, ular bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni ham o‘z ichiga oladi.
Shuningdek, ularning mahalliy atrof-muhit to‘g‘risidagi bilimi tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga erishishdagi ishtiroki bilan teng darajada muhimligi isbоtlangan.