Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/Sentabr/2021   Sport

O‘zbekiston spotchilari Birinchi MDH o‘yinlarini 91 ta medal bilan ikkinchi o‘rinda yakunladi


TOSHKENT, 13-sentabr. /“Dunyo” AA/. Kecha Rossiyaning Qozon shahrida ilk bor o‘tkazilgan Birinchi MDH o‘yinlari nihoyasiga yetdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Hamdo‘stlik mamlakatlarining birinchi o‘yinlarida mamlakatimiz sportchilari sportning 16 turi bo‘yicha bellashdi.

Yurtdoshlarimiz musobaqada 23 ta oltin, 32 ta kumush va 36 ta bronza - jami 91 ta medalni qo‘lga kiritdi. Bu mezbon mamlakat - Rossiya jamoasidan keyingi ikkinchi ko‘rsatkich bo‘ldi.

O‘yinlar dasturidan o‘rin olgan 17 sport turining 15 tasida rossiyaliklar 1-o‘rinnni egallagan bo‘lsa, mamlakatimiz yigit-qizlari belbog‘li kurash musobaqalarida to‘qqiz davlat orasida 1-o‘rinni, boks va dzyudoda 2-o‘rinni, sambo, badiiy gimnastika, futzal, kurash, basketbol (3x3) sport turlarida umumjamoa hisobida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Qolgan yo‘nalishlarning yakka bellashuvlarida oltin, kumush va bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

Qozonda o‘tkazilgan ushbu kichik Olimpiadaning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, unda 14 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lganlar sportchilar orasida endi katta sport maydoniga kirib kelayotganlardan tortib, jahon chempionati g‘oliblari, Olimpiya o‘yinlarining sovrindorlari 1-MDH o‘yinlarining medallari uchun kurashganligi mutaxasssislar uchun ham, sportchilar uchun ham katta sport maktabi vazifasini o‘tadi.

 Tashkilotchilar tomonidan bildirilishicha, 2-MDH o‘yinlari  ikki yildan so‘ng, 2023 yili o‘tkaziladi. Musobaqalarga qaysi davlat mezbonlik qilishi joriy yilning dekabr oyida eʼlon qilinadi.

Ayni paytda, Ozarbayjon va Belarus 2-MDH o‘yinlarini o‘tkazishga asosiy daʼvogar bo‘lib turibdi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston liga kubogida Qirg‘iziston v...

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston liga kubogi musobaqasida joriy yildan Qirg‘iziston va Tojikist...

O‘zbekistonlik paraatletlar BAAda bo‘lib...

Ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida para-yengil atletika bo‘yicha...

O‘zbekistonga dunyoda ommalashib borayot...

Bugungi kunda dunyoda jadal surʼatlarda rivojlanib, ommalashib borayotgan tekbol sport tur...

So`nggi yangiliklar