Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/Yanvar/2022   Sport

O‘zbekiston sportchilari Osiyo chempionatining dastlabki saralashidan muvaffaqiyatli o‘tishdi

TOSHKЕNT, 21-yanvar. /«Dunyo» AA/. Shu kunlarda Saudiya Arabistonida o‘tayotgan gandbol bo‘yicha erkaklar o‘rtasida Osiyo chempionatida ishtirok etayotgan terma jamoamiz dastlabki saralash bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasidan ma’lum qilinishicha, terma jamoamiz yigitlari birinchi turda Gonkongni 28:24 hisobida mag‘lub etishni uddaladilar, biroq ikkinchi turda bahraynlik raqiblariga 19:35 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Hal qiluvchi uchinchi turda esa Vetnam jamoasi 30:23 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Shu tariqa jamoamiz kuchli sakkizlikka kirib, navbatdagi bosqichda o‘z ishtirokini davom ettiradi. Unda yana 2 kvartet shakllanadi. O‘z guruhlarida birinchi va ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritganlar yarim final bosqichiga yo‘l oladi. Qayd etish joiz, uchinchi o‘rin egalari o‘rtasidagi bahs ham katta ahamiyatga ega. Unda g‘alaba qozongan jamoa qit’amizning beshinchi termasi sifatida kelasi yili bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.

Jamoamizning keyingi bosqichdagi raqiblari kechki bahslardan so‘ng aniqlanadi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston ayollar o‘rtasidagi U-20 Osi...

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ayollar o‘rtasidagi U-20 Osiyo kubogini O‘zbekistonda o...

O‘zbekiston jamoasi 2020 yilgi Xalqaro a...

32 ta davlat harbiy xizmatchilari ishtirok etgan VI-Xalqaro armiya o‘yinlari (ARMI-2020) y...

Xanchjou – 2022 tashkiliy qo‘mitasi «Osi...

Xanchjou – 2022 XIX Osiyo o‘yinlarining tashkiliy qo‘mitasi musobaqalarga bag‘ishlangan bo...

So`nggi yangiliklar