Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Aprel/2022   O’zbekiston dunyo nigohida

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi delegatsiyasining Saudiya Arabistoniga tashrifi mahalliy matbuotida keng yoritildi

AR-RIYOD, 26-aprel. /«Dunyo» AA/. Saudiya Arabistoni Podshohligining markaziy “Ar-Riyod” kundalik gazetasi sahifasida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev boshchiligidagi delegatsiyaning Saudiyaga tashrifi doirasida ushbu mamlakatning yetakchi tibbiyot muassasalaridan birida bo‘lishiga doir maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Ta’kidlanishicha, Behzod Musayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Saudiyaning Suvayd tumanida joylashgan Sulaymon al-Habib tibbiyot majmuasi faoliyati bilan yaqindan tanishgan.  

Tibbiyot majmuasi ijrochi direktori Nosir al-Haqboniy va boshqa mas’ullar bilan o‘tkazilgan muloqot davomida tomonlar shifoxonalarni boshqarish va ulardan foydalanish, raqamli sog‘liqni saqlash texnologiyalari hamda ta’lim sohalarini o‘z ichiga olgan bir qator muhim mavzularni muhokama etishgani, shuningdek, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi delegatsiyasi majmuaning yurak kasalliklari, stomatologiya, shoshilinch tibbiy yordam, laboratoriya, radiologiya va reanimatsiya bo‘limlari hamda maxsus muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishgani ma’lum qilingan. 

“Tashrif yakunida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri shifoxonadagi yuqori darajadagi imkoniyatlar va ilg‘or texnologiyalarga alohida e’tibor qaratar ekan, ular raqamli sog‘liqni saqlash tizimining o‘ziga xos konseptsiyasi ekanligini ta’kidlagani barobarida laboratoriyalar, radiologiya, kardiologiya va shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlarining sifatli xizmat ko‘rsatish imkoniyatlariga ham yuqori baho berdi”, deb yozadi “Ar-Riyod” nashri.

Shuni ham qayd etish joizki, “Forbs” jurnalining 2022 yilgi reytingida Sulaymon al-Habib tibbiyot majmuasi o‘zining boshqaruv tajribasi tufayli Yaqin Sharqdagi eng nufuzli sog‘liqni saqlash majmuasi sifatida birinchi o‘rinni egallagan. Ko‘p sonli mahalliy va xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan ushbu tibbiy muassasa sog‘liqni saqlash sohasidagi loyihalarni a’lo darajada amalga oshirish, ishlab chiqish, boshqarish va foydalanish bo‘yicha hamkorlik uchun ulkan imkoniyatlarga ega.

Mavzuga oid

Samarqandda bo‘lib o‘tgan TDT davlat rah...

Turkmanistonning qator yetakchi axborot portallarida Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT)...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoye...

Tailandning “TheyNews” yangiliklar portalida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning...

O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi: ...

Hindistonning yetakchi axborot agentliklaridan biri - «Asian News International» («ANI New...

So`nggi yangiliklar